Qashqadaryoda 4 ta maktabning 41 nafar o‘quvchisida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi maktablarda ta’lim olayotgan jami 41 nafar o‘quvchida koronavirus aniqlangan. Bu haqda tuman Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi rahbari QALAMPIR.UZ ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Yakkabog‘ tumanida joylashgan 2-sonli maktabda 5 nafar, 5-sonli maktabda 31 nafar, 83-sonli maktabda 1 nafar, 27-sonli maktabda 4 nafar o‘quvchi koronavirus bilan kasallangan.

Tuman hokimligi Matbuot xizmati rahbari Sherzod Hasanovning ta’kidlashicha, ayni vaqtda maktablarning masofaviy ta’limga o‘tishi bilan bo‘gliq holatlar ko‘rib chiqilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’lim vazirligi maktablarda o‘qituvchi yoki o‘quvchilarda virusga chalinish holati aniqlanadigan bo‘lsa, darslar onlayn tizimga o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Bunda o‘quvchilar ta’limni masofadan olishi uchun Milliy teleradiokompaniyasining “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing