Qashqadaryoda 13 yoshli bolalar uyi tarbiyalanuvchisini zo‘rlagan erkak 12 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 13 yoshli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchisi uni asrab olgan erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu jinoyatni sodir etgan erkak 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 6 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchi K.T.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro K.T. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va eski tahrirdagi (2023 yil 11 aprelga qadar amalda bo‘lgan) 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. 

Keltirilishicha, ushbu shaxsga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash)ga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

“Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga shikoyat berishi yoki protest keltirishi mumkinligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Oliy sudning izohlashicha, Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari talablariga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik hamda o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bu haqda joriy yilning aprel oyida 13 yoshli qizni 51 yoshli erkak zo‘rlagani haqida xabar berilgandi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qiz homilador bo‘lib qolgan va uning bolasini majburan tushirtirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo zo'rlash bolalar uyi tarbiyalanuvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing