Qashqadaryoda hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida hokimlik rahbari kotibi 3 mln so‘m pora bilan qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Koson tuman hokimligining rahbari kotibi G‘.G‘. fuqaro N.Sh.ga tegishli 12 sotixli uy-joyining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing