Qashqadaryoda haydovchi Nexia`da piyodani bosib ketdi
3-sahifa
−
24 noyabr 2020
3813Joriy yilning 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Sovulg‘or” MFY hududida Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, bir inson vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha Nexia haydovchisi qor yog‘ayotgani sababli yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni ko‘rmasdan uni urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohati natijasida shifoxonaga yetmasdan vafot etgan.
“Qarshi shahriga ketayotgan edim. 22:30 lar atrofida kuchli qor yog‘ayotgan edi. Old tarafimdan kelayotgan mashina nurida ko‘zim qamashib ketdi. Shunda bir narsaning ustidan bosib o‘tganimni sezdi. Ortimga qarasam odam ekan. Tezda uni shifoxonaga olib borishga harakat qildim”, deydi haydovchi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi