Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi 1-o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Alisher Abdulaxatovich Qodirov Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Alisher  Qodirov 1975 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan.   

U hozirgacha Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Hokimning sobiq birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev Chiroqchi tumaniga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing