Qashqadaryo va Surxondaryoda pedagogika institutlari tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Termiz davlat universitetining pedagogika instituti hamda Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra, ikkala institut ham o‘quv jarayonini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi.

O‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi yetakchi maktablarning 10 tasida 3–4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”, 8–9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”, 10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar” tashkil etiladi va Institutlar taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda o‘quv jarayonlariga o‘zgarish kiritiladi.

Termiz davlat universitetining Pedagogika institutiga Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uy manzilidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali bino va inshootlari hamda Muzrabot tumani, “Sharq yulduzi” QFY, “Shaffof” MFY manzilidagi sobiq Muzrabot agroservis kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berildi.

Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutiga esa Kitob tumani, Tupchok MFY, Jayronxona qishlog‘i manzilida joylashgan Toshkent davlat texnika universitetining hamda Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filialining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli Prezident qaroriga binoan:

Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilishi belgilandan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing