Qarshida YTHga uchragan Nexia yonib ketdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 20 mart kuni soat 13:00 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasida haydovchi J.O. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, ushbu ko‘chada o‘zidan oldinda, svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan, haydovchi A.T. boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli ichimlik suvi tashuvchi maxsus avtomobilning orqa tomoniga urilgan. 

To‘qnashuvdan so‘ng, zarb oqibatida Nexia avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing