Qarshida o‘g‘il o‘zi va 80 yoshli otasini yoqib yubordi
Jamiyat
−
18 may 2020
20423Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida ota va o‘g‘ilning halokati bilan yakunlangan mudhish voqea yuz berdi. Hodisada yana 4 kishi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 15 may kuni soat 14:30 larda Qarshining “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi 1940 yil tug‘ilgan 1-guruh nogironi J.A. uyiga o‘g‘li 1974 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Sh.A. kelgan. U avvaldan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiligi tufayli janjallashgan. So‘ng o‘zi bilan olib kelgan sumkadagi yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini otasining hamda o‘zining ustiga sepib, o‘zi bilan olib kelgan temir zanjirning bir uchini o‘zining chap oyog‘i pastki bo‘g‘iniga, ikkinchi uchini esa isitish quvuriga bog‘lab, xonaga kirib kelib uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan kelini 1987 yilda tug‘ilgan A.E.ga ham qarshilik qilib gugurt chaqib yoqib yuborgan.
Natijada J.A. va Sh.A. kuyish tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Achinarlisi bu voqea Sh.A.ning voyaga yetmagan jiyanlari 2005 yil tug‘ilgan M.J. va 2006 yilda tug‘ilgan M.J.ning ko‘z o‘ngida yuz bergan.
Hodisa joyida bo‘lgan A.E. va voyaga yetmagan farzandlari M.J. va M.J. hamda yordamga kelgan E.A. turli darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxona jonlantirish bo‘limiga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan Sh.Amanovga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi