Qarshida Nexia va “Zil” to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda Nexia va “Zil” to‘qnashdi. Oqibatda Nexia yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 16 iyun kuni soat taxminan 05:30 da Qarshi shahri “Bog‘obod” MFY hududidagi “Sharshara” choyxonasi oldidagi chorrahada sodir bo‘lgan. 

Haydovchi A.S. boshqaruvida bo‘lgan Nexia chorrahadan qayrilayotgan vaqtida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan A.T. boshqaruvidagi “Zil -130” rusumli yuk avtomashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro N.O‘. olgan tan jarohati tufayli shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing