Qarshida Nexia haydovchisi “kolyaska”dagi chaqaloqni urib ketdi
3-sahifa
−
17 avgust 2021
12175Joriy yilning 10 avgust kuni Qarshi shahrida qoidabuzar haydovchi yo‘lni piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan ayolning aravachadagi farzandini urib yuborishi sabab bir yoshga ham to‘lmagan bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 21:10 larda Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Davlat xizmatlari agentligi” binosi ro‘parasida sodir bo‘lgan. Haydovchi F.E. Nexia rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan (yo‘l belgilari va chiziqlari bilan belgilangan) piyodalar o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan, bolalar aravachasida bo‘lgan, 2020 yil noyabr oyida tug‘ilgan U.J.ni urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan U.J. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Haydovchi F.E.ga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.