Qarshida Lacetti haydovchisi piyodani urib yubordi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 12:05 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “Gulchehra” go‘zallik saloni ro‘parasida haydovchi J.Sh. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro Sh.X.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda Sh.X. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qarshi

Baholaganlar

367

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing