Qarshida korxona yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
21 iyul
10438Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan xususiy korxonada yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 20 iyul kuni soat 18:00 atrofida Qarshi shahar FVBga xususiy korxonalardan birining ishlab chiqarish binosida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, soat 18:10 da qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar voqea joyiga yetib borgan va soat taxminan 20:10 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida MCHJ binosining taxminan 1600 metr kvadrat maydoni yonib zarar ko‘rgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida binoning 1500 metr kvadrat maydoni qismi yong‘indan asrab qolingan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanida bozor yonib ketgani xabar qilingandi. O‘shanda yong‘in oqibatida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangandi.