Qarshi davlat universiteti o‘zini osgan talaba bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalib, unga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan munosabat bildirilgandi. Qarshi davlat universiteti o‘zini osgan talaba yuzasidan ma’lumot berdi.
 
Unga ko‘ra, marhum R.F. QarDU Fizika-matematika fakultetining Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 2-kursida o‘qigan. Joriy yilning 26 yanvar kuni ushbu mudhish voqea o‘z tog‘asining uyida sodir bo‘lgan.

Joriy yilning 29 yanvar kuni ertalab, universitet psixologi A.Husanov, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri I.Yo‘ldoshev va guruh rahbari L.Safarov Muborak tumani “Geolog” MFY raisi N.Ashirovlar marhumning xonadoniga ta’ziya bildirgani borganda, R.F.ning otasi guruh murabbiyi L.Safarov bilan batafsil suhbatlashgan va oilasining universitet rahbariyati hamda o‘qituvchilari jamoasiga hech qanday e’tirozi yo‘qligini, o‘g‘lining o‘limidan qattiq qayg‘uda ekanini bildirgan. 

Qarshi davlat universiteti ushbu hodisa batafsil o‘rganilgani, hech kimga taz’yiq o‘tkazilmagani va hech qachon bosti-bosti qilinmaganini qayd etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, joriy yilning 27 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmagani va uning imtihondan o‘tishi uchun o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilgani ko‘rsatilgan va aynan shu holat marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Shunga ko‘ra, mazkur vajni o‘rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing