Qariyb 20 davlat BRICS’ga qo‘shilish istagini bildirdi
Olam
−
25 aprel 2023
1474719 ta davlat BRICS guruhiga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) qo‘shilish niyatini bildirdi, ularning so‘rovlari iyun oyida Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tadigan assotsiatsiya Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida muhokama qilinadi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
“Uchrashuvda BRICS’ning kengayishi va uning shakllari muhokama qilinadi. 13 davlat allaqachon guruhga a’zo bo‘lishni rasman so‘ragan bo‘lsa, yana oltitasi norasmiy tarzda murojaat qilgan. Bizga har kuni shunday so‘rovlar kelib tushmoqda”, degan JARning BRICS’dagi elchisi Anil Suklal.
Uning aytishicha, kun tartibida dolzarb masalalar, jumladan, guruhning Sudandagi inqirozga munosabati muhokama qilinadi.
Shuningdek, Suklal barcha BRICS Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishda ishtirok etishlarini tasdiqlanganini qayd etgan.