Qarama-qarshilikning yangi bosqichi: YeI Rossiyaga qanday shart qo‘ydi?
Olam
−
23 dekabr 2021
10266Yevropa Ittifoqining diplomatiya bo‘yicha rahbari Jozep Borrel va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Federatsiyasi bilan Yevropa xavfsizligi bo‘yicha bo‘lajak har qanday muzokaralar muvofiqlashtirilgan va Yevropa Ittifoqi ishtirokida o‘tkazilishini tasdiqladi. Bu haqda Yevropa Tashqi ishlar xizmati bayonotida aytilgan.
“Davlat kotibi Blinken va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Borrel o‘tgan hafta Rossiya tomonidan Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning mumkin bo‘lgan yangi mexanizmlari haqidagi Rossiya qarashlari bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni e’tiborga oldi. Ular Yevropa xavfsizligi bo‘yicha har qanday munozaralar Yevropa Ittifoqi bilan kelishilgan holda va uning ishtirokida o‘tkazilishiga kelishib oldi”, deyiladi Borrel va Blinken o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha tuzilgan hujjatda.
O‘z navbatida, Davlat departamenti har ikki yetakchi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini “Rossiyaning keyingi harbiy tajovuzi”ga qarshi saqlab qolish zarurligi to‘g‘risida kelishib olgani haqida bayonot bergan.
O‘tgan hafta Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan shartnoma loyihasini va NATOga a’zo davlatlar bilan kelishuv loyihasini e’lon qildi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, agar NATO va AQSH Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi talabiga javob bermasa, bu qarama-qarshilikning yangi bosqichiga olib kelishi mumkin.
Shundan so‘ng Borrel Rossiya Yevropa davlatlarini xavfsizlik bo‘yicha muzokaralardan “cheklab qo‘ymoqchi” degan xavotir bildirdi. Uning fikricha, Rossiya “ushbu inqirozdan Yevropada xavfsizlik tizimini qayta qurish bo‘yicha e’lon qilingan maqsadi” uchun foydalanishi, shuningdek YeIni ushbu muhokamalardan chetlashtirishi mumkin. Shuningdek, u YeI bunday muhokamalarning ajralmas qismi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi