Qanday mahsulotlar antibiotiklar o‘rnini bosa oladi?
Salomatlik
−
22 Sentabr 2020
12495Piyoz va sarimsoqda maksimal miqdorda foydali elementlar mavjud. Ular nafaqat immunitet tizimini mustahkamlaydi, balki hujayralarni ham tiklaydi, shuningdek, tanada bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.
Shifokorlar immunitet tizimini mustahkamlash uchun kefirni ham ovqatlanish ratsioniga qo‘shishni maslahat beradi. "Kefir organizmda mikroblarga chidamlilikni oshirish uchun juda qo‘l keladi", deydi olimlar.
Shamollashning oldini olish yoki uni davolashda ismaloqning samarasi kam emas. Uning tarkibida A, B, S va Ye vitaminlari, kalsiy, magniy va boshqa ko‘plab foydali elementlar mavjud.
Sabzavotlar yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va miyaning qarishini sekinlashtiradi. S vitamini va foliy kislotasini o‘zida birlashtirgan turp iste’mol qilish esa grippdan yaxshigina himoya qiladi.
LiveBarchasi