Qanday belgilar koronavirusga qarshi qabul qilingan vaksina samarasini anglatadi? 

Salomatlik

image

Ayni paytgacha dunyoda 200 milliondan ko‘p kishi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. 

Qanday belgilar vaksina yaxshi ta’sir ko‘rsatganini anglatadi? 

Agarda koronavirusga qarshi vaksina qabul qilingan joyda og‘riq bo‘lsa, charchoq kuzatilsa, harorat 37,1-38 darajagacha ko‘tarilsa vaksina samara ko‘rsatganidan shubha qilmasa ham bo‘ladi. Bu haqda AQSH Immunizatsiya va nafas olish kasalliklari milliy markazi shifokori Amanda Kon ma’lum qilgan. 

"Ushbu belgilar vaksina o‘z vazifasini bajarayotganidan dalolat beradi", degan u. 

Konning ta’kidlashicha, nojo‘ya ta’sirlar odatda bir necha kun davom etadi va bu tashvishga sabab bo‘lmasligi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing