Qancha odam Toshkentga doimiy yashashga ko‘chib kelgani ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yil yanvar-iyun oylarida 25 290 kishi O‘zbekistonning boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 170 kishiga kamaygan.

Toshkent shahriga ko‘chib kelganlarning:

•  Erkaklar – 12 086 kishi;

•  Ayollar – 13 204 kishi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan. Bunda odamlar eng ko‘p  Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga ko‘chib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing