Qamoqdan chiqqanlarga vaqtinchalik turarjoy beriladi. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘iston Mehnat vazirligining 2025 yil 6 martdagi buyrug‘i bilan mamlakatda koloniyalardan ozod etilganlar uchun vaqtinchalik yashash maskanlari tashkil etiladi. Bu haqda “Mail.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu  maskanda yashash imkoniyati doimiy yashash joyi yo‘q yoki probatsiya xizmati hisobida turgan odamlarga, shuningdek, zo‘ravonlik qurbonlariga beriladi.

Bildirilishicha, bunday turarjoylar respublika ahamiyatiga molik shaharlarda, poytaxtda, viloyat ahamiyatiga molik shaharlarda va aholisi 100 ming kishidan ortiq bo‘lgan viloyat ahamiyatiga molik shaharlarda tashkil etiladi.

Hujjatga ko‘ra, respublika ahamiyatiga molik shaharlarda, poytaxtda, viloyat ahamiyatiga molik shaharlarda davlat sektorida maxsus ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan maxsus ijtimoiy xizmatlarga muhtoj bo‘lgan shaxslar soni kamida 50 nafarni tashkil etgan taqdirda tashkil etiladi.

Buyruq 2025 yil 24 martda kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston poytaxti Ostonada poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan 35 million dollarga stadion qurilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Mehnat vazirligi vaqtinchalik turarjoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing