Qamoqdagi Atamboyev parlament saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Hozirda qamoqda bo‘lgan Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev yaqinlashib kelayotgan parlament saylovlarida ishtirok etish taklifini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qilgan.  

Qayd etilishicha, sobiq Prezident bu haqda Qo‘y-Tosh voqealari ishi bo‘yicha sud jarayonidan so‘ng gapirgan. 

“Menga mandat kerak emas. Lekin mendan ro‘yxatda birinchi bo‘lishimni so‘rashyapti. Men bu haqda o‘ylayapman. Agar men ishtirok etsam ham, bu faqat ramziy ma’noga ega bo‘ladi”, degan Atamboyev. 

Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Abdijapar Bekmatov Atamboyevning bayonotiga izoh berar ekan, “u Atamboyevning jinoiy ishi haqida ma’lumotga ega emasligini, lekin qonunga ko‘ra, sud hukmi chiqarilgan shaxsning saylovda qatnashish huquqiga ega bo‘lmasligini” aytgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston poytaxtining markaziy maydonida o‘tgan yilning 5-6 oktyabr, shuningdek 9 oktyabrida turli siyosiy kuchlar tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Natijada g‘alabani amaldagi Prezident Sadir Japarov tarafdorlari qo‘lga kiritib, raqiblarni maydonni tark etishga majbur qilishdi. To‘qnashuvlar chog‘ida noma’lum shaxs Atamboyev bo‘lgan mashinaga to‘pponchadan bir necha bor o‘q uzgan, biroq sobiq davlat rahbari jarohat olmagan. Jinoyatchi hali topilmagan. 

Qirg‘izistonni 2011 yildan 2017 yilgacha boshqargan Atamboyev birinchi marta 2019 yilning avgustida hibsga olingan. Keyinchalik unga bir nechta ayblovlar qo‘yildi, jumladan yerlarni taqsimlashda korrupsiya, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, qotillikka urinish va hokazo. U bir necha oy oldin sog‘lig‘i yomonlashgani sababli, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoridan tibbiy shifoxonaga ega bo‘lgan 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Atamboev

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing