“Qamchiq” tomon harakatni cheklash uchun Toshkent viloyatida postlar tashkil etildi

Jamiyat

image

“Qamchiq” dovoniga harakatni vaqtinchalik cheklash uchun Toshkent viloyatining ayrim hududlarida postlar tashkil etildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, quyidagi 5 ta hududda postlar tashkil etildi:

•  A-373 avtomobil yo‘lining 107-kilometrida (Piskent tumani, “Murotali” MFY);

•  A-373 avtomobil yo‘lining 131-kilometrida (Ohangaron tumani, Beskostin chorrahasi);

•  A-373 avtomobil yo‘lining 137-kilometrida (Ohangaron shahri, Rohat kafesi);

•  A-373 avtomobil yo‘lining 180-kilometrida (Angren shahar, Angren terminali oldi);

•  A-373 avtomobil yo‘lining 183-kilometrida (Angren shahridan chiqish).

Shuningdek, “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani munosabati bilan yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, dovonning qor qatlami yig‘iladigan joylari holati mustahkam emas, ko‘chki xavfi mavjud. 

Avvalroq, “Toshkent-Vodiy” yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq o‘pirilib tushgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

“Qamchiq”

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar