“Qamchiq” dovonida YTH: Damas handaqqa tushib ketdi

3-sahifa

image

“Qamchiq” dovonida Daf rusumli yuk mashinasi to‘siqqa urildi, bundan qochmoqi bo‘lgan Damas esa handaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Voqea bugun, 22 aprel kuni soat 06:22 larda sodir bo‘lgan. A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismidan o‘tgan yo‘lning 269,4-kilometrida DAF rusumli yuk avtomobili “Toshkent-vodiy” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, o‘rta temir to‘siqqa urilgan. Shuningdek, o‘sha harakat yo‘nalishidagi Damas rusumli avtomashina haydovchisi to‘siqqa urilgan yuk mashinasidan qochaman deb handaqqa tushib ketgan.

“Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etmoqda”, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va 2 nafar Damas avtomobilidagi yo‘lovchilar tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq dovoni Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing