“Qamchiq” dovonida yana bir mashina xandaqqa tushib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 21 aprel kuni “Qamchiq” dovonida Cobalt avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa (kyuvet) tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21 aprel kuni soat 09:45 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan. Shundan so‘ng, u amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar bergan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida Cobalt rusumli avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Honda avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgandi va xandaqqa tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovonida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar