“Qamchiq” dovonida tunnelga urilgan Isuzu yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

“Qamchiq” dovonida tunnel devoriga urilgan Isuzu’da yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea bugun, 22 iyul kuni soat 03:20 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Rezak” tunnelida yuz bergan. “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, tunnel devoriga urilgan va buning oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa tunnelga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan aniqlanib, zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” dovonidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarining 13 nafari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va qutqaruv otryadidan 1 ta texnika yetib borgan va yong‘inni o‘chirgan. Shundan so‘ng yuk avtomobili tunneldan olib chiqilib, sovitilgan.

“Isuzu avtomobili yukxonasidagi jami 4,2 tonna yukning 95 foiz mahsuloti yong‘indan saqlab qolindi. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyilgan vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirida “Qamchiq” dovonida Isuzu yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolishi oqibatida dahshatli avtohalokat yuzaga kelgandi. O‘shanda yuk mashinasi biryo‘la 4 ta avtomobilni urib ketgan va buning oqibatida bir kishi vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing