“Qamchiq” dovonida Spark pastlikka tushib ketdi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2021
8143Kecha, 12 oktyabr kuni “Qamchiq” dovonida Spark rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, pastlikka tushib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar yo‘l yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 18:30 da “Qamchiq” dovonining 240-kilometrida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Spark rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketgan.
Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so‘ng, maxsus avtokran yordamida suv o‘tkazuvchi inshootdan avtomobil ham chiqarib olingan. Qurbonlar yo‘q.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanish vaqtida qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 oktyabrga o‘tar tunda “Qamchiq” dovonida qor yoqqan, o‘sha kuni tongda dovonda 4 ta mashina YTHga uchragandi.
LiveBarchasi