“Qamchiq” dovonida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi (video)
3-sahifa
−
01 avgust
8316Kecha, 31 iyul kuni “Toshkent-Vodiy” yo‘lida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 16:00 larda A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 242-kilometrida yuz bergan. “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Cobalt va Matiz avtomobillari bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Matiz va yuk mashinasi jarlikka tushib ketgan. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida har ikki avtomobilni chuqurlikdan olib chiqib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.
“Hozirda tegishli tashkilot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq”da Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.