“Qamchiq” dovonida kuchli qor yog‘yapti

Jamiyat

image

Kecha, 15 noyabr oqshomida “Qamchiq” dovonida qor yog‘di va kuchli yog‘ingarchilik hamon davom etmoqda. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi allaqachon yo‘llarni qordan tozalash ishlarini boshlab yuborgan.

Qayd etilishicha, A-373 “M-39 a/y Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismi 188-253 kmlar oralig‘ida hamon qor yog‘moqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta’minlash uchun "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligini oldini olish maqsadida tunu-kun yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish, yo‘llarni qordan tozalash ishlarini bajarmoqda. 

“Transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Qor, vaqti-vaqti bilan tuman kuzatilmoqda. Yo‘llarda ko‘rinish 300 metrni, havo harorati -4 daraja, namlik 66 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 2-11 m/s. “Qamchiq” dovoni yo‘lidan yuradigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi Davlat yo‘l harakat xavfsizligi xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing