Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. FVV haydovchilarni ogohlantirdi (video)

Jamiyat

image

Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 238-kilometrida  (ikki tunnel oralig‘i) qor yog‘moqda. Yo‘llarda muzlamalar mavjud.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, qor yog‘ishi kun davomida davom etadi va kechka yaqin to‘xtaydi.

Ayni vaqtda Qamchiq dovonida FVV va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari tomonidan yo‘llarni qordan tozalash ishlari olib borilyapti. Qordan tozalashga 121 ta texnika va 350 ga yaqin ishchi xizmatchi safarbar qilingan.

 

"Qamchiqavtoyo‘l" IYFUKning ma’lum qilishicha, A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining qatnov qismida transport vositalari beto‘xtov ikki tomonlama xarakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17-18 noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq dovoni qor

Baholaganlar

64

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing