“Qamchiq” dovonida avtomobil harakati tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi havfi bo‘lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgani va vodiyga Tojikiston orqali buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21-22 dekabr kunlari FVV, MV, IIV, “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasi kuch va vositalari tomonidan “Qamchiq” dovonining avtomobil yo‘li qordan tozalangan.

“O‘zgidromet” markazining qor ko‘chkisi mavjud emasligi to‘g‘risidagi byulleteniga asosan, “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li “Qamchiq” dovonida joriy yilning 22 dekabr kuni soat 11:40 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' Qamchiq

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing