Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
09 fevral 2023
4920Qor ko‘chkisi xavfi tufayli Qamchiq dovoni transport vositalari uchun vaqtincha yopilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Ayni damda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilgan holda vaziyatni tezroq qayta tiklash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-9 fevral kunlari A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman kuzatilishi, ko‘rish masofasi 50 metrgacha qisqarishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi