O‘zgidromet aholiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 8-9 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazining  fuqarolarga shoshilinch ogohlantirishida aytilgan. 

Shuningdek, joriy yil 8-13 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan: 

•    Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

•    Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

•    Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;

•    Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

•    Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida; 

•    Namangan viloyati: Pop tumanida;

•    Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi. 

“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing