“Qamchiq”da yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
10 yanvar
5120"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 225-kilometrida sodir bo‘lgan.
Gap shundaki, "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Chacman“ rusumli yuk avtomobili haydovchisi (1988 yilda tug‘ilgan), tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda avtomashina ag‘darilib ketgan. YTH sabab transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan va birozdan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Ma’lum qilinishicha, yuk mashinasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida tunnelga urilgan Isuzu yonib ketgandi.
LiveBarchasi