Qamchiqda yuk mashinasi ag‘darildi. Ikki kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Qamchiq dovonida ko‘mir ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa kecha, 3 dekabr kuni soat 20:28 da Qamchiq dovonidan o‘tgan Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 197-kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent-Vodiy yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan ko‘mir ortilgan MAN rusumli yuk mashina haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan.

Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan yetib borib avtoxalokatga uchrab, turli darajada tan jarohati olgan haydovchi va uning sherigiga (ikkinchi haydovchi) o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatgan.

Malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jabrlanganlar Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing