“Qamchiq”da turkiyalik YTHga uchradi
Jamiyat
−
23 noyabr 2019
5663Joriy yilning 21 noyabr kuni “Qamchiq” dovonida Turkiya Respublikasi fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
21 noyabr kuni soat 11:10 larda “Qamchiq” navbatchilik qismiga “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining (IYFUK) navbatchi-dispetcheriga YTH haqida xabar tushgan.
“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Turkiya Respublikasi fuqarosi A.X. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 249 kmda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. Sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi tan jarohati olmagan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan 11 va 12-nazorat postlari qutqaruvchilari hamda “Qamchiq” qutqaruv otryadidan A.Kamilov boshchiligidagi qutqaruv guruhi yetib bordi.
Yuk mashinasini xandaqdan chiqarib olish uchun “Transyo‘lqurilish” kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUKdan 1 ta yuklovchi (pogruzchik) texnikalari jalb yetildi. Shundan so‘ng, yuk mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom yettirdi.