“Qamchiq”da Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 27 iyul kuni “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizlik sabab o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu hamda Howo yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Mercedes-Benz Sprinter rusumli avtomobiliga borib urilgan.

YTH oqibatida CAMC rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida CAMC rusumli yuk avtomobili haydovchisi va 1995 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida yo‘lida Equinox rusumli avtomobil yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Mercedes-Benz Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made