“Qamchiq”da Isuzu 2 ta Lacetti bilan to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 20 avgust kuni “Qamchiq” dovonida Isuzu rusumli yuk mashinasi ikkita Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH soat 01:45 larda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223 km.da yuz bergan. Isuzu rusumli avtomobilni “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yukotib, oldida harakatlanib ketayotgan 2 ta Lacetti avtomashinalari bilan to‘qnashib, yo‘lning har ikkala qismiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan. Isuzu haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

395

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing