Qamchiqda daraxt ko‘chatlari ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi (video)

Jamiyat 6193

Qamchiq dovonida daraxt ko‘chatlari bilan harakatlangan yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari yordamga kelgan. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa bugun, 12 mart kuni erta tongda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 279-kilometrida sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyatiga daraxt ko‘chatlarini ortib harakatlangan ISUZU rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish oqibatida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Haydovchi jiddiy jarohat olmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk avtomashina o‘nglashga yordam ko‘rsatilgan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 148
Reyting: 2.9
t
×