“Qamchiq”da Damas xandaqqa dumalab ketdi

Jamiyat

image

“Qamchiq” dovonida Damas mashinasi xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Kecha, 3 aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida  Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Damas rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgani to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan. 

Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Qamchiq” dovonida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi yon tomonga ag‘darilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Damas Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing