“Qamchiq”da benzovoz yonib ketdi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
01 iyul 2021 7957 1 daqiqa
Bugun, 1 iyul kuni soat 14:25 da “Qamchiq” dovonining 260-kilometrida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar berdi.
Hodisaga yuk mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini tezda o‘chirishgan.
Yong‘in oqibatida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr