Qamchiqda avtokran 4 ta avtomobilga borib urildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qamchiq dovonida avtokran va 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 249-kilometrida sodir bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l olgan avtokran haydovchisi to‘satdan boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda u oldinda ketayotgan Gentra, so‘ngra qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, yana uchta avtomobilga urilgan. 

Avtohalokat ko‘lami katta bo‘lishiga qaramay, avariyada qurbonlar bo‘lmagan. Avtokran haydovchisi oyog‘idan  jarohat olgan, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus quqaruv vositalari yordamida salondan  chiqarib  olgan.

Shuningdek, avtomobillardan birining haydovchisi yengil tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing