Qamchibek Toshiyev Qirg‘izistonda sobiq Prezidentlar hibsga olinishi mumkinligini aytdi 

Olam

image

“Qumtor” jinoiy ishi tergovi doirasida Qirg‘izistonning sobiq Prezidentlari sud oldida javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Toshiyev Jalolobodda jurnalistlarga so‘zlab berdi.

“Qumtor” jinoiy ishi doirasida hech qanday siyosiy taqiq va ayblov yo‘q. Biz jinoyat sodir etganlarning barchasini javobgarlikka tortishga majburmiz. Va biz o‘z burchimizni bajaryapmiz. Bosh vazirlar, spikerlar, deputatlar, yirik amaldorlar bor. Bundan tashqari, ehtimol biz ba’zi sobiq Prezidentlarni ham jalb qilamiz, chunki ular bu bilan bevosita bog‘liqdir”, deydi u.

Toshiyevning aytishicha, so‘nggi 25 yil ichida amaldorlar “Qumtor” masalasida qo‘g‘irchoqqa aylangan, lekin endi bunday bo‘lmaydi. 

“Prezident Sadir Japarov boshchiligidagi hozirgi hukumat “Qumtor” masalasida firibgarlar va poraxo‘rlarning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lmaydi”, deya qo‘shimcha qildi MXDQ rahbari.

So‘nggi bir necha kun ichida Qirg‘izistonda bir qator shov-shuvli hibslar amalga oshirildi. Xususan, parlament deputatlari Asilbek Jeenbekov (sobiq Prezident Sooronbay Jeenbekovning ukasi), Torobay Zulpukarov, sobiq deputatlar Isxak Pirmatov va Talantbek Uzoqboyevlar MXDQ hibsxonasiga yuborilgan. 2 iyun kuni sud sobiq Bosh vazir Omurbek Babanovni ham ehtiyot chorasi sifatida panjara ortiga yubordi.

Shuningdek, sobiq Bosh vazirlar Igor Chudinov va Temir Sariyev, sobiq deputat Maqsat Sobirov, deputat Riskeldi Mombekovlar ham “Qumtor” masalasida so‘roqqa chaqirilgan.

MXDQ “Qumtor” loyihasining turli bosqichlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilayotganini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing