Tinib-tinchimaganlar: Qirg‘izistonda sobiq Bosh vazir hibsga olindi
Olam
−
31 may 2021 11031 1 daqiqa
Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Omurbek Babanov korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda bugun, 31 may kuni respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) Matbuot xizmati xabar berdi.
“Tergov davomida olingan dalillarga asoslanib, bugun, 31 may kuni sobiq Bosh vazir Omurbek Babanov Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 319-moddasi 2-qismi (Korrupsiya) bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olindi”, deya “Kabar” agentligi yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, Babanovga qarshi tergov ishi Qirg‘izistonning Qumtor oltin konini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirishning turli bosqichlaridagi korrupsion holatlar bo‘yicha olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 may kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi respublikadagi Qumtor konini ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi “Qumtor gold kompani” vakillariga qarshi 4 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
MXDQ rahbari Qamchibek Toshiyevning so‘zlariga ko‘ra, tergov shu o‘rinda zararli moddalar bilan ishlash, yer va atmosfera havosini ifloslantirish, muzliklarni yo‘q qilish, shuningdek soliq va sug‘urta qonunchiligini buzish holatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, Omurbek Babanov Qirg‘izistonning 17-Bosh vaziri hisoblanadi. U 2011-2012 yillarda ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. Bu vaqtda mamlakatda Almazbek Atamboyev Prezident edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28