Qamchibek Tashiyev futbolchilarni qazi bilan mehmon qildi (video)

Sport

image

“Barselona” yoshlari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan Qirg‘iziston U-20 jamoasi mamlakat futbol ittifoqi raisi Qamchibek Tashiyev tomonidan mehmon qilindi. Bu haqda “Vesti.kz” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonidagi muhim o‘yin oldidan shaxsan o‘zi Barselonaga yetib bordi. Tashiyev mamlakat milliy taomi hisoblangan chuchuk, ya’ni qazi olib keldi va yosh futbolchilarni shu taom bilan mehmon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 27 yanvar kuni Qirg‘iziston U-20 terma jamoasi “Barselona” yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs mamlakat yoshlar terma jamoasi o‘yinchilari uchun oldindagi musobaqaga tayyorgarlikda muhim rol o‘ynaydi. U-20 terma jamoasining xorijdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 1 oy davom etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Qamchibek Tashiev Qirg'iziston U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing