Qalbaki biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilayotgan sex fosh qilindi
Biznes
−
19 may 2022
10145Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Avicenna's Lab kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatida “Androgard” mahsulotlarining qalbaki nusxasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan sexni aniqladi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.M. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xaridor J.ga 86 dona (keyinchalik 14 donasini yetkazib berish sharti bilan) “Al Hadaya” (150 ming so‘mdan) va 100 dona “Androgard” (250 ming so‘mdan) nomli mahsulotlarning nusxalarini firibgarlik yo‘li bilan 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Uning “Kattabog‘” MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadondan 152 turdagi har xil yog‘ mahsulotlari, bo‘sh idishlar, har xil yorliqlarni (etiketka) ishlab chiqarishda foydalanilgan noutbuk va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Biz firibgar jazolanishiga ishonamiz. Bunday tovlamachilar iste’molchilarning biologik faol qo‘shimchalarga bo‘lgan ishonchini yo‘q qiladi. E’tiborli bo‘ling, sertifikati yo‘q mahsulotlarni sotib olmang.
Avicenna's Lab O‘zbekiston aholisi salomatligi haqida qayg‘uradi. Kompaniya ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga jiddiy e’tibor beradi hamda sertifikatlanmagan va tarkibi ishonchsiz soxta mahsulotlar bilan kurashadi.
Agarda siz Androgard, Byuti Vit, Lactovita mahsulotlarining soxta nusxalariga duch kelsangiz, zudlik bilan +998 71 207 45 95 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Avicenna's Lab mahsulotlarini faqatgina call-markaz orqali kompaniya mutaxassisidan xarid qilishingiz mumkin.
Siz yuqoridagi kabi holatlarda aldanib qolmasligingiz uchun Avicenna's Lab kompaniyasi o‘z rasmiy kontaktlarini taqdim yetadi:
Androgard mahsuloti:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Byuti Vit mahsuloti:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Lactovita mahsuloti:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi