Qadimiy tangalarni O‘zbekistondan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
18 Sentabr
3071Buxoro viloyatida qadimiy numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro-Istanbul” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketish arafasidagi yo‘lovchi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan paytda mazkur fuqaro o‘zining qo‘l yuklari orasiga berkitgan holda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinayotganligi aniqlangan.
Taxmin qilinishicha, ashyoviy dalil sifatida olib qolingan 263 dona qadimiy tangalarning bir qismi dastlabki tahlillarga ko‘ra, bundan 500 yil muqaddam zarb etilgan.
“Hozirda mazkur numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan 400 ta noyob toshbaqani olib ketayotgan tojikistonlik qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi