Qadimgi Misr fir’avnining qabri topildi (foto)

Bu qiziq

image

Qadimgi Misrning eng qudratli fir’avniga tegishli uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan sarkofag uning o‘limidan 3000 yil o‘tib topildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiyadagi Sorbonna universiteti o‘qituvchisi va tadqiqotchisi, misrshunos  Frederik Payro 2009 yilda Abidosdan topgan granit parchasi ustida olib borgan uzoq izlanishlardan so‘ng, topilma Qadimgi Misrning fir’avni Ramzes II ga tegishli ekanini ma’lum qildi.

Uzunligi 5 fut va qalinligi 3 dyum bo‘lgan toshda "Ramzes II ning o‘zi" deb yozilgan o‘ymakorlik tasviri aniqlangan.

Shundan so‘ng, arxeologlar Misrning o‘rta sharqidagi diniy markaz tagida topilgan granit qabrni qayta o‘rgandi. Natijada fir’avnning mumiyolangan jasadiga tegishli qoldiqlar topilgan.

Ma’lumki, fir’avn oltin tobut bilan dafn etilgan, ammo keyinchalik u qabrni talagan o‘g‘rilar tomonidan vayron qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ramzes II ning qabri vayron qilingandan so‘ng, uning qoldiqlari gipsli sarkofagga ko‘chirilgan va oxir-oqibat Abydosga olib kelinib, granit sarkofagga joylashtirilgan.

“Ushbu kashfiyot o‘sha paytda Shohlar vodiysi nafaqat talon-toroj qilingani, balki dafn marosimi buyumlari keyingi hukmdorlar tomonidan qayta ishlatilganligining yangi dalilidir”, deydi Payro.

Ramzes II ning 3D талқини

Ma’lumot uchun, Buyuk Ramzes II 19-suloladan bo‘lgan Qadimgi Misr fir’avni bo‘lib, u taxminan miloddan avvalgi 1279-1213 yillarda hukmronlik qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda qadimgi odamning bosh suyaklari topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Misr fir'avn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing