Qabul yakunlandi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,5 mlnga yaqinlashdi

Jamiyat

image

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlandi.

Ro‘yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona portal orqali, respublikaning 8 ta tumanida esa DXMlar orqali amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 foiz).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

•    Kunduzgi ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 foiz);
•    Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 foiz);
•    Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 foiz).

Tillar kesimida:

•    O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 foiz);
•    Rus tili – 139 115 nafar (9,37 foiz);
•    Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 foiz);
•    Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 foiz).

Imtihonlarda barchaga muvaffaqiyat tilaymiz.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

143

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing