Qabristonda qariyb 12 kg “marixuana”ni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Izboskan tumanida 11 kg 700 gr “marixuana”ni 6 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Andijon viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Izboskan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan shaxs tuman hududidagi qabristonlardan birida sof og‘irligi 11 kilodan ortiq marixuana giyohvandlik moddasini 6 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi giyohvandlik moddasini faqat shaxsiy uchrashuvlar orqali emas, balki zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida ham tarqatishga uringani aniqlangan.

Xususan, u ijtimoiy tarmoqlar orqali ehtimoliy mijozlariga marixuanani sotish maqsadida bir qator video xabarlar yuborib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida narkotik moddalarni yashirish va tashish bilan bog‘liq holatlar fosh etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing