Pandemiya AQSHning dunyodagi hukmronligini yakunlaydi – Le Monde

Olam

image

Yangi koronavirus pandemiyasi AQSHning dunyodagi gegemoniyasini tugatadi. Bu haqda “Le Monde” nashri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu jarayonda asosiy rolni Xitoy egallaydi. Nashrning yozishicha, uning ta’siri Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini pandemiya xavfi to‘g‘risida dunyoni kechiktirib xabardor qilishga majbur qilgan.

"Inqirozdan oldin Qo‘shma Shtatlar o‘z gegemon mavqeyini tobora yo‘qotib borayotgan edi. Pandemiya esa rasmiy Vashington rahbariyatini dunyo taxtidan voz kechishga majbur qildi“, deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 3 484 483 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 121 576 nafari sog‘aygan, 244 780 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 2 118 127 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pandemiya Inqiroz

Baholaganlar

627

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing