“Johnson & Johnson” koronavirusga qarshi vaksina sinovlari boshladi

Olam

image

Amerikaning "Johnson & Johnson" kompaniyasi kecha, 23 sentyabr kuni o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshladi.

"Kompaniya COVID-19 vaksinasi uchun xalqaro o‘rganishning uchinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi", deyilgan kompaniyaning matbuot xabarnomasida. 

Ta’kidlanishicha, tadqiqotga uch qit’adagi sakkizta mamlakatdan 60 ming nafar ko‘ngillilar jalb qilinadi. Kompaniya, agar vaksina o‘zining samaradorligi va xavfsizligini isbotlasa, birinchi partiya 2021 yil boshida sertifikatlash uchun taqdim etiladi, deb umid qilmoqda.

AQSH hukumati "Johnson & Johnson" kompaniyasiga vaksina ishlab chiqarish uchun 456 million dollar ajratgan.AQSH ma’muriyati shu kabi loyihalarga, umumiy hisobda 12 milliard dollar sarmoya kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH ma’muriyati mamlakat aholisini koronavirusga qarshi emlash rejasini tayyorlaganini ma’lum qilgandi. Ushbu jarayon joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida yoki undan sal o‘tib boshlanishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

"Johnson & Johnson"

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar